LG robotlarining Koreyaga tashrif buyuruvchi kishilarga ekspertlik xizmatlari
Janubiy Koreya mamlakat tarixidagi eng yirik qishki sport tadbiriga tayyorgarlik olib borayotgan bir vaqtda, LG Electronics (LG) kompaniyasi jahondagi bosh tranzit aviamarkaz – Inchxon Xalqaro aeroportida xizmatlarni avtomatlashtirish jarayonini takomillashtirishga bor e'tiborini qaratdi. LG kompaniyasi Koreyadagi ko‘plab mukofotlar bilan taqdirlangan ushbu aeroportga tashrif buyuruvchi kishilarga yordam beradigan robot-gidlar va robot-farroshlarni foydalanishga topshirdi. Robot-gid aeroport hududi bo‘ylab harakatlanib, turistlarga ma'lumot hamda yordam bersa, robot-farrosh pollarning toza holda turishini ta'minlaydi.
LG kompaniyasi jahondagi eng yirik va juda ko‘plab insonlarga xizmat ko‘rsatuvchi aeroportlardan birida shunday ixtironi joriy etib, har yili taxminan 57 million kishiga robotlashtirilgan xizmatlar ko‘rsatadi. Robotlar rasman iyulda foydalanishga topshirilishi kerak edi, biroq bu aeroportga ko‘p keluvchi sayyohlar ularni fevraldayoq payqashgan bo‘lishi mumkin. O‘shanda Inchxon aeroportida beta-sinovlar boshlangan. LG muhandislari so‘nggi besh oy davomida qurilmani yaxshilab borishdi va ularning samaradorligini sinovlar davomida olingan ma'lumot hamda tajriba orqali oshirib borishdi.
LG’dan nutqni farqlash platformasi tufayli, robot-gid aeroportda eng ommabop bo‘lgan to‘rt til: koreys, ingliz, xitoy va yapon tillarini tushunadi – hamda tashrif buyuruvchilarga og‘zaki maslahatlar beradi. Robot aeroportning markaziy serveriga ulanishi va qo‘nish vaqti, restoranlar, do‘konlarning joylashuvi hamda boshqa ko‘plab ma'lumot berishi mumkin. Robot-gid yo‘lovchining talonini tezlik bilan skanerdan o‘tkazib, kechikkan yoki adashib qolgan kishini parvozga chiqish joyiga olib boradi.
Robot-farrosh, xuddi LG HOM-BOT robot-changyutkichi kabi, pollarni yaxshilab tozalaydi, avtonom navigatsiya funksiyasiga ega va to‘siqlardan qochadi. Uni ish va jamoat xonalarida qo‘llash mumkin. Bu robot qaysi hududlarda tozalash ishlarini ko‘proq bajarish kerakligini aniqlab, ularni ma'lumotlar bazasida saqlaydi hamda ularga bo‘lgan eng maqbul yo‘nalishlarni belgilaydi.
LG kompaniyasi robotlarni aeroportlarda joriy etib, ularni seriyali ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda kengaytirishni rejalashtirmoqda. Bunda robotlarga kelajakdagi rivoj omili sifatida qaraladi. Ayni damda LG robototexnikasi ikki qismga bo‘lingan: uyda va tijoriy qo‘llash. LG’ning birinchi turkumi HOM-BOT robot-changyutkichi va yangi HubRobot’ni qamrab olsa, ikkinchisi – aeroportlar, mehmonxonalar hamda banklar kabi jamoat joylarida xizmatlar ko‘rsatishga mo‘ljallab maxsus ishlab chiqilgan robotlar.
«LG kompaniyasi o‘zining robotlashtirilgan texnologiyalari: navigatsiya, nutqni farqlash, tabiiy tilni qayta ishlash va albatta, DeepThinQ sun'iy idrokini yanada ilgari surish hamda rivojlantirishga harakat qilmoqda, - deya ma'lum qildi LG Home Appliance & AirS olutions Company kompaniyasi prezidenti Daxyun Song. – Bunday ishlanmalar va innovatsiyalar LG kompaniyasini to‘rtinchi sanoat inqilobi dunyosiga olib keladi».
Reklama huquqi asosida