"Laboratoriya Kasperskogo" bepul antivirusni ishga tushirishini ma'lum qildi 

Fan-texnika 09:07 / 26.07.2017 6472

"Laboratoriya Kasperskogo" kompaniyasi butun dunyo bo‘ylab Kaspersky Free bepul antivirusini ishga tushirishini e'lon qildi. Bu haqda kompaniya bosh direktori Yevgeniy Kasperskiy bayonotida aytilgan.

"Ajoyib yangilik – biz Kaspersky Free bepul antivirusining butun dunyo bo‘ylab ishga tushirilishini e'lon qilamiz! Barcha istovchilarga, "tekinga", deb aytilgan bayonotda.

Kompaniya saytida ma'lum qilinishicha, bepul antivirus pulli versiyalar bilan raqobat qilmaydi. Ta'kidlanishicha, Kaspersky Free ustida 1,5 yil davomida ishlar olib borilgan. "Yuqori himoyaga to‘lashga 2 ming rubli bo‘lmagan ko‘p miqdorda foydalanuvchilar bor, shu sababli ular soxta dasturlarni o‘rnatishga va hattoki faol suqishtirilayotgan Microsoft Windows Defender’ni qo‘llashga majburlar. Free dasturi o‘rnatilishi sonlarining oshishi mashinaviy o‘qitish texnologiyasi uchun big data bazasi kengaytirilishi hisobiga barcha foydalanuvchilar himoyasiga ijobiy ta'sir qiladi", deb aytilgan bayonotda. 

"O‘tgan yili mahsulot Rossiya-Ukraina-Belarus, Xitoyda hamda "Nordiks"da (Daniya, Norvegiya, Shvetsiya, Finlyandiya) muvaffaqiyatli sinovdan o‘tgan", deb aytilgan saytda.

Antivirus bosqichma-bosqich ishga tushiriladi. Dasturni iyulda birinchi bo‘lib sinovdan o‘tkazish imkoniga AQSh, Kanada va Osiyo-Tinch okeani mintaqasining ko‘plab davlatlari, jumladan Qozog‘iston aholisi ega bo‘ladi. Sentyabrda dasturdan Hindiston, Hongkong, Yaqin Sharq, Afrika, Turkiya va Lotin Amerikasi, oktabrda Yevropa, Yaponiya va Janubiy Koreya aholisi foydalana oladi. Kompaniya yil oxirigacha antivirusni barcha davlatlarda ishga tushirmoqchi.  

Ko‘proq yangiliklar: