Rossiyaning Kislovodsk shahrida O‘zbekiston avtobuslar yo‘lovchilar uzog‘ini yaqin qila boshladi. Samarqandda yig‘ilgan «Isuzu» avtobuslari 38 yo‘lovchini manziliga yetkazadi. Ushbu avtobuslarni yetkazib berish borasida Kislovodsk delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida kelishuvga erilishgan. Bu haqda “KMV ekspress” xabar qilmoqda.
“Avtokolonna 1721” YoAJ bosh direktori Shamil Qosimovning so‘zlariga ko‘ra, mazkur transport vositalari Yevro-4 standartidagi yoqilg‘ida ishlaydi. Bosh direktorning qayd etishicha, uning firmasi avtoparkni yangilashga harakat qilmoqda.
Yangi avtobus juda sifatli va ishonchli ishlangan bo‘lib, aholiga qulay transport xizmatini ko‘rsatish vazifasini bajarish talabiga javob beradi, deyiladi xabarda.