Nyu Yorkning Veritaseum blokcheyn startapiga uyushtirilgan xakerlik hujumi oqibatida investorlar tomonidan ICO loyihasi doirasida olingan mablag‘larning 8,4 mln dollari o‘marildi, deb yozmoqda forklog. O‘tgan dam olish kunlarida Boom Bust Blog blogi asoschisi Reggi Middlton loyihasi Ethereum (ERC20 standarti) platformasi doirasida VERI tokenlarining ilk joylashuvini amalga oshirgan edi. ICO amalga oshirilayotgan vaqtda shubhali faollik kuzatilgan. Bu haqdagi ma'lumot BitcoinTalk forumida tasdiqlangan.
Unga ko‘ra, g‘arazgo‘ylar bevosita ICO loyihasi amalga oshirilayotgan vaqtda tokenlarni o‘marib,ularni yirik investorlarga sotishga ulgurishgan. Middltonning qayd etishicha, dollardagi qiymat katta ko‘ringaniga qaramay, loyiha umumiy qiymatining 0,07 foizini boy bergan. U, shuningdek, foydalanuvchilarning hech biri moliyaviy zarar ko‘rmaganini ta'kidlagan. Chunki, barcha tokenlar Veritaseum startpiga tegishli bo‘lgan. Shu sababli loyiha bu tokenlarni qaytarib xarid qilmaydi.
Middltonning so‘zlariga ko‘ra, xakerlik hujumiga Veritaseum startapning korporativ hamkorlari aralashgani ehtimol. Biroq u tergov jarayoni tafsilotlariga to‘xtalmagan.