O‘zbekistonda moliya bozorini rivojlantirish konsepsiyasi loyihasi ishlab chiqildi

Iqtisodiyot 10:59 / 24.07.2017 13632

O‘zbekistonda 2017-2021 yillarda moliya bozorini rivojlantirish konsepsiyasi loyihasi ishlab chiqildi. Hujjat normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida joylashtirilgan.

O‘zbekiston moliya bozorini rivojlantirish konsepsiyasi loyihasi O‘zbekiston Moliya vazirligi tomonidan Koreya fond birjasi, BMT Taraqqiyot dasturi, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar Instituti hamda boshqa tuzilmalar bilan hamkorlikda ishlab chiqildi.

Hujjat O‘zbekiston fond va sug‘urta bozorini qamrab oladi hamda ushbu bozorlarni yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarga ega.

Kontseptsiya amalga oshirilishi natijasida mahalliy fond bozorining rivoji yangi bosqichga chiqishi va sarmoyaviy faoliyatni rivojlantirish uchun qo‘shimcha manbalar tashkil etilishi kutilmoqda.

Kontseptsiya amalga oshiriladigan bo‘lsa, sug‘urta kompaniyalari aktivlari 3,7 barobarga, sug‘urta xizmatlari hajmi – 4,5 barobarga, sarmoyalar hajmi – 3,5 barobarga oshadi, bu esa YaIMda sug‘urta xizmatlari ulushini ikki barobarga oshirish imkonini beradi.

Hujjat moliya bozori segmentlarining faoliyat yuritishida axborot texnologiyalari keng qo‘llanilishi uchun yangi imkoniyatlar ham ochadi.

Hujjat bilan 2017-2021 yillarda moliya bozorini yanada rivojlantirish bo‘yicha Kompleks dasturni tasdiqlash taklif etilmoqda.

Kontseptsiyani amalga oshirish doirasida moliya bozorining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni qabul qilish rejalashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: