O‘zbekiston hukumati aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitalining minimal miqdoriga talablarni kamaytirish va ularga nizomidagi xorijiy sarmoyadorning majburiy ulushi to‘g‘risidagi talabni bekor qilishni rejalashtirmoqda.
O‘zbekiston Moliya vazirligi mamlakat moliya bozorini o‘rta va uzoq muddatli davrda rivojlantirish Kontseptsiyasi loyihasini ishlab chiqdi. Kontseptsiya loyihasi normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida joylashtirildi.
Hujjatda aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitali minimal miqdoriga talabni 400 ming dollardan eng kam oylik ish haqining 500 barobariga qadar kamaytirish taklif etilmoqda.
Hujjat bilan aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitalida xorijiy sarmoyadorning 15 foizdan kam bo‘lmagan majburiy ulushi to‘g‘risidagi talabni bekor qilish taklif etilmoqda.