Yaponiyaning Mitsubishi Motors avtomobilsozlik kompaniyasi Expander nomli seriyali ishlab chiqariluvchi minivenini namoyish qildi. U o‘zida miniven va krossoverga xos jihatlarni mujassamlashtirgan. Yangi model taqdimoti 10 avgust kuni Xalqaro Jakarta avtosalonida bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda kompaniya matbuot xizmati.
Mashinaning gabarit o‘lchamlari 4475*1750*1700 millimetrdir (bo‘yi-eni-balandligi). Yo‘l bilan kuzov oralig‘i 205 millimetrga teng.
Mitsubishi Expander XM kontseptining seriyali namunasi hisoblanadi. Kompaniyaning uqdirishicha, model «minivenning ajoyib universalligi va qulayligi, shuningdek, Mitsubishi Motors kompaniyasining SUV toifasidagi mashinalariga xos bo‘lgan texnik xususiyatlar, mustahkamlik va harakatlanish ko‘rsatkichlariga ega bo‘ladi».
Avtomobil uch qator o‘rindiqlarga ega. Unda 7 kishi o‘tira oladi.
Old g‘ildiraklari yetakchi bo‘lgan mashina 1,5 litr, 4 silindrli benzinli motor bilan jihozlanadi. Hozircha dvigatel ot kuchi ma'lum qilinmayapti.