MAN Auto-Uzbekistan Gruziyaga yuk texnikasi partiyasini yetkazib berdi

Fan-texnika 09:15 / 22.07.2017 14939

JV MAN Auto-Uzbekistan MChJ QK Gruziyaga MAN modelidagi yuk texnikasi shassilarining ilk partiyasini yetkazib berdi.

Kompaniyadan ta'kidlanishicha, Gruziyaning TEGETA Truck & Bus Ltd kompaniyasi bilan MAN chiqindi yig‘ish mashinasi shassilarini yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishilgandi.

2017 yilning 13 iyul kuni JV MAN Auto-Uzbekistan MChJ QK Gruziya kompaniyasiga MAN modelidagi yuk texnikasi shassilarining ilk partiyasini yetkazib berdi.

JV MAN Auto-Uzbekistan MChJ QKning qayd etishicha, kompaniya Tbilisi shahar hokimiyatining tuzilmaviy bo‘linmalariga sinov ishlarini bajarish uchun past polli shahar avtobusi va kommunal texnikaning ba'zi namunalarini yetkazib berishga tayyorligini bildirgan. 

Shu tariqa, QK TEGETA Truck & Bus Ltd. kompaniyasi bilan sheriklik munosabatlarini rivojlantirish, o‘zi ishlab chiqargan mahsulotlarni yetkazib berish orqali Gruziya bozoridagi pozitsiyalarini mustahkamlab borishni rejalashtirmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: