Rossiyada messenjerlar faoliyatini tartibga soluvchi qonun qabul qilindi

Fan-texnika 15:14 / 21.07.2017 4275

Rossiya davlat dumasi juma kungi yig‘ilishda messenjerlar faoliyatini tartibga soluvchi qonunni uchinchi yakuniy o‘qishda qabul qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Qonun bilan "messenjer" tushunchasi kiritilmoqda, shuningdek, bunday servislar uchun majburiyatlar belgilandi.

Xususan, messenjerlar Rossiya axborot texnologiyalari ustidan nazorat qilish xizmati talabiga ko‘ra, bir sutka ichida qonun bilan taqiqlangan ma'lumotga ega xabarlarni foydalanuvchiga yetkazib berishni to‘xtatib qo‘yish majburiyatini oldi. Servislar davlat organlari tashabbusi bilan va RF qonunchiligiga muvofiq elektron xabarlarni uzatish imkoniyatini ta'minlab berishi lozim.

Qonun faqatgina messenjer operatorlariga nisbatan sanksiyalarni nazarda tutadi, bu agarda ular qonun buzilishiga yo‘l qo‘yishsa, ro‘y beradi. Foydalanuvchilarga nisbatan jarimalar yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqiq qo‘llanilmaydi. 

Shu bilan birga, messenjerlar operatorlari foydalanuvchilar shikoyatiga ko‘ra, spamning tarqalishini to‘sib qo‘yishi lozim. Messenjerlarning o‘zidan foydalanishga taqiq faqatgina sud qarori asosida cheklanishi mumkin. Yangi qonunga ko‘ra, messenjer foydalanuvchilarning abonentlik raqami haqidagi ma'lumotlarni, faqatgina ularning roziligi bilan uchinchi shaxslarga taqdim etishi mumkin. 

Ko‘proq yangiliklar: