Yo‘lovchilarni barmoq izi orqali samolyotga kiritish yo‘lga qo‘yildi

Fan-texnika 22:46 / 21.07.2017 9194

Delta Air Lines aviakompaniyasi yo‘lovchilarni reyslarga biomterik avtorizatsiyadan o‘tkazib kiritishni joriy etdi. Endi samolyotga kirish uchun o‘tqazish talonining keragi yo‘q, faqat barmoq bosilsa kifoya.

Barmoq izi Delta Air Lines samolyotlariga yoki Delta Sky Club klublari saloniga pasport va chiptasiz kirish imkonini beradi. Avtorizatsiya jarayoni quyidagicha yuz beradi:

Chiptalarni qo‘lda skanerdan o‘tkazish ehtiyoji yo‘qolishi sababli, shaxsni tasdiqlashga sarflanadigan vaqt keskin qisqaradi. Shuning uchun, biometrik avtorizatsiya hamma joyda paydo bo‘lgach, reysga katta navbatlar yuzaga kelmaydi, muammo paydo bo‘lganida esa aviakompaniya xodimlarining mijozlarga xizmat ko‘rsatishi osonlashadi.

Delta Air Lines vitse-prezidenti Gil Uestning aytishicha, biometrik skanerlar bir necha oy ichida boshqa aeroportlarda ham paydo bo‘ladi, deb xabar beradi The Verge. 

Ko‘proq yangiliklar: