Amazon kompaniyasi Spark deb nom olgan o‘z ijtimoiy tarmog‘ini ishga tushirdi, deb yozadi Reuters. Xizmat internet-kompaniya asosida xaridlarni amalga oshirishga mo‘ljallangan bo‘ladi.
Kompaniya saytida qayd etilishicha, Spark iPhone uchun Amazon dasturida mavjud. Spark foydalanuvchilari ijtimoiy tarmoqda mahsulotlar haqidagi fikrlar bilan o‘rtoqlashishi, ular orasidan eng yaxshisini tanlab olishi va izoh qoldirishlari mumkin. Shuningdek, Amazon mijozlari sotib olgan xaridlari va ularni tajribada sinab ko‘rgani haqida post qoldirish imkoniga ega bo‘lishadi. Amazon yaratgan ijtimoy tarmoq Instagram va Pinterest'ni yodga soladi.