Internet-gigant Google tomonidan boshqariladigan Alphabet kompaniyasi takomillashtirilgan Google Glass aqlli ko‘zoynaklari taqdimotini o‘tkazdi. Yangi namunada mahsuldorlik, energiya samaradorligi kabi ko‘rsatkichlar oshirilgan, kamerasining ruxsat etilgan zichligi ham 8 megapikselni tashkil etmoqda. Endi ko‘zoynak gardishidagi qizil diod s'yomka boshlangani haqida xabar beradi, ko‘zoynakning o‘zi esa ancha ergonomik ko‘rinishga ega bo‘lgan. Foydalanuvchiga barcha muhim bildirishlar yetkaziladi, ko‘zoynakni ovozli buyruqlar bilan ham boshqarish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, ikki yarim yil muqaddam tijoriy loyiha muzlatilib qo‘yilganidan so‘ng, gadjyet faqat ishlab chiqarish sohalarida tarqala boshlangan edi. Uni amalda sinab ko‘rgan DHL, Boeing, Volkswagen kabi xalqaro korporatsiyalar mutaxassislari ma'qullashgan edi. Aqlli ko‘zoynaklarning qaytishini tantanavor deb hisoblash mumkin: Alphabet’dagi X laboratoriyasi rahbari Astro Tellerning aytishicha, keyingi ishlanmalarning barchasi aynan korporativ xaridorlarning ehtiyojlarini hisobga olib bajarilgan. Google Glass’dan foydalanish ularga salmoqli tijoriy foyda keltiradi. Hozircha ommaviy sotuvlar haqida gap-so‘zlar tarqalgani yo‘q.