Davlat byudjyetiga tushumlarning to‘liqligini nazorat qilish inspeksiyasi tashkil etilmoqda

Iqtisodiyot 09:56 / 19.07.2017 15874

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti «Soliq ma'muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni imzolandi.

Farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tuzilmasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyetiga tushumlarning to‘liqligini nazorat qilish inspeksiyasi tashkil etiladi.

Uning faoliyati byudjyet daromadlarini ko‘paytirish zaxiralarini aniqlash va ularning safarbar etilishini ta'minlash, soliq va bojxona to‘lovlarining yig‘iluvchanlik darajasini tizimli tahlil qilish, Davlat byudjyeti daromadlarining prognoz ko‘rsatkichlarining xolisligi va asosliligini baholash, soliq solish obektlari va soliq solinadigan bazani to‘liq qamrab olish ustidan nazoratni amalga oshirishga yo‘naltiriladi. 

Davlat byudjyetiga tushumlarning to‘liqligini nazorat qilish inspeksiyasida cheklangan shtat soni Davlat soliq xizmati organlarining shtatlar sonini qisqartirish hisobidan 41 nafardan iborat bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: