Foto: Anqarada miting ishtirokchilari ustiga dron quladi

Jahon 13:45 / 16.07.2017 16878

Anqara shahrida 15 iyul voqealariga bir yil to‘lishi munosabati bilan o‘tkazilgan miting vaqtida odamlar ustiga uchuvchisiz uchish qurilmasi qulab tushishi oqibatida bir necha kishi jabrlandi. 

«Kun» muxbiri bergan ma'lumotga ko‘ra, bu vaqtda dron videos'yomka qilayotgan va miting tasvirini sahnaning yon tomonlarida joylashgan ekranlarga uzatayotgandi.

Bu kattagina dron bo‘lib, 6 kishiga jarohat yetkazgan. Qurilma nima sababdan qulagani hozircha ma'lum emas.

Kun.uz / Sherzod Ikramutdinov
Kun.uz / Sherzod Ikramutdinov

Hodisa ro‘y bergach, chiqish qilayotgan prezident Erdo‘g‘an nutqini to‘xtatib, jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatishni so‘ragan.

Shifokorlar jabrlanuvchilarga tibbiy yordam ko‘rsatishgan, ular turli darajadagi yengil jarohatlar qayd etilgan.

Ko‘proq yangiliklar: