Amerikalik iqtisodchilar, ekspertlar va amaldorlar hazilakam vahimaga tushib qolishmagan. Agar bir necha oy muqaddam AQShda yuz beruvchi iqtisodiy inqiroz ehtimoli iljayish va taajjub bilan kutib olingan bo‘lsa, bugun moliyachilarning kulishga tobi yo‘q. Endilikda yangi «Buyuk depressiya» haqidagi prognozlar amalga oshib bo‘lmas narsa sifatida qarshi olinmayapti.
Morgan Creek Capital Management fondining axborot texnologiyalari bo‘yicha direktori Mark Yusko ilgariroq AQShda yaqin kelajakda yirik inqiroz ro‘y berishi va uning oqibatlari ayanchli bo‘lishi haqida ogohlantirgan edi. Uning ogoh etishicha, Federal zaxira tizimining rag‘batlar va soliq imtiyozlari vositasida iqtisodiyotni o‘nglash tomon bo‘lgan harakatlari o‘xshamaydi, chunki Amerikada ishga layoqatli aholi soni kamaymoqda, demakki, iste'mol darajasi ham pasaymoqda.
Yuskoning qayd etishicha, o‘z amalida ikki muddat hukmronlik qilgan har qanday prezidentdan so‘ng AQShda albatta retsessiya ro‘y beradi.
Xorijiy kompaniya rahbarining ayni paytda Trampning iqtidorga kelishi bilan Yangi «Buyuk depressiya» davri boshlanishi mumkin, 2017 yilning kuzi esa inqiroz uchun jo‘nalish nuqtasi bo‘lib xizmat qiladi. Ekspertning fikricha, ayni damda ayni bo‘lajak inqirozning barcha shart-sharoitlari ko‘zga tashlanmoqda.
O‘tgan haftada CNBC kanalida chiqish qilar ekan, Yusko AQSh Federal zaxira tizimining miqdorni yumshatishga qaratilgan, biroq aksiya bozorlarida ulkan sovun pufagi hosil bo‘lishiga olib kelgan monetar siyosatining barcha salbiy oqibatlarini qayd etish mumkin, dedi. Ekspertning fikricha, ayni damda Amerika 1928–1929 yillardagi Guver yo‘lidan bormoqda.
O‘zining chiqishi davomida Yusko shuningdek, Tramp va Guver hokimiyat tepasiga Kongress respublikachilar tomonidan boshqarilgan vaqtda kelganiga e'tibor qaratdi. Bundan tashqari, har ikki prezident ham davlatni boshqarish tajribasiga ega bo‘lishmagan. Ayni payta AQShda kredit o‘sishi, soliq yig‘imi va boshqa muhim indikatorlar dinamikasi yomon, mamlakatning qarzi esa juda katta. Bularning barisi kuzgi inqirozga olib keladi.