Xamesning «Bavariya»ga transferi tafsilotlari ma'lum bo‘ldi

11 iyul kuni «Bavariya» «Real»dan Xames Rodriges ikki yil muddatga ijaraga olingani haqida ma'lum qildi.
Myunxenliklar jamoasi ikki yil uchun ijara haqi sifatida 10 mln yevro to‘laydi. Kolumbiyalik futbolchining o‘ziga esa yiliga 6 mln yevrolik maosh tayinlangan.
Marca xabariga ko‘ra, «Bavariya» ikki yildan keyin futbolchini 40 mln yevroga (uning hozirgi transfer qiymati 75 mln yevro edi) sotib olishi mumkin bo‘ladi.
«Bavariya» boshqaruv raisi Karl-Xaynts Rummenigge ushbu transfer haqida gapirdi.
«Bu transferni amalga oshirganimizdan xursandmiz. Rodrigesning taklif qilinishi Karlo Anchelottining xohishi edi. Ular o‘z vaqtida Madridda birgalikda muvaffaqiyatli ish olib borgandi.
Xames — universal o‘yinchi. U juda xavfli, ko‘p gol uradi va jarima zarbalarini yaxshi amalga oshiradi. Bu transfer bizga jamoa saviyasini yuqoriga ko‘tarish imkoniyatini beradi», degan Rummenigge.
Mavzuga oid

03:05 / 06.03.2025
«PSJ» «Liverpul»ga alamli tarzda yutqazdi, «Barsa» 10 kishi bo‘lib g‘alaba qozondi

14:17 / 30.01.2025
YeChLda guruh bosqichi yakunlari: «Siti»ni o‘tish o‘yinlarida «Real» yoki «Bavariya» kutadi

11:09 / 23.01.2025
«Siti» superkambek qurboni, «Real» 5 ta gol urdi, «Bavariya»da yirik mag‘lubiyat. Kun o‘yinlari

23:50 / 17.12.2024