Yangi iPhone’da yuzni 3D-skanerlash funksiyasi paydo bo‘lishi mumkin

Fan-texnika 19:20 / 04.07.2017 5259

Apple kompaniyasi iPhone smartfonini barmoq izlarini qo‘llamasdan blokdan chiqarish uchun yuzni 3D-skanerlash texnologiyasini yaratish ustida ishlamoqda. Bu haqda o‘z manbalariga iqtibos keltirgan holda Bloomberg axborot agentligi xabar bermoqda.

Xavfsizlikning yaxshilangan tizimi yuzni 3D-sensor yordamida skanerlaydi va smartfonni blokdan chiqarish, to‘lovlarni tasdiqlash va himoyalangan dasturlarni ishga tushirish imkonini beradi. Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Apple shuningdek ko‘zlarni skanerlash imkoniyatini sinovdan o‘tkazmoqda.

Apple yangi iPhone’ni sentabrda taqdim etishi kerak. Biroq, yangi hisobotlarga ko‘ra, kompaniyaga buning uchun ko‘proq vaqt talab qilinishi va shuning uchun taqdimoti 2018 yil boshiga qoldirilishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: