Menni Pakyao chempionlik jangida avstraliyalik raqibga yutqazdi
Filippinlik Menni Pakyao 66,68 kg. gacha bo‘lgan vazn toifasidagi jahon chempionatida avstraliyalik bokschi Jyeff Hornga ochkolar bo‘yicha yutqazdi. Jang Avstraliyaning Brisben shahridagi 55 ming kishi sig‘adigan «Sankorp stedium» arenasida o‘tkazildi. Shu tariqa u WBO versiyasi chempionligini himoya qila olmadi.
Ma'lumot uchun, Menni Pakyao professional boksda 68ta jang o‘tkazib, 59ta g‘alaba (38 tasi nokaut bilan), 7ta mag‘lubiyat va 2ta durang qayd etgan. Hornning hisobida 19 jang bo‘lib, 17tasida (11tasi nokaut bilan) zafar quchgan, bitta jangda mag‘lub bo‘lgan va bitta jangda g‘olib nomi aniqlanmagan.
Mavzuga oid

00:03 / 21.09.2021
Menni Pakyao o‘z faoliyatini yakunlaganini tasdiqladi

07:21 / 20.09.2021
Bokschi Menni Pakyao Filippin prezidenti saylovlarida ishtirok etadi

20:20 / 08.06.2020
Menni Pakyao Filippin prezidenti lavozimi uchun kurashish istagini bildirdi

22:16 / 02.01.2020