Eng ko‘p va eng kam daromad keltirgan iPhone qurilmalari

Fan-texnika 14:35 / 02.07.2017 12571

Apple mahsulotlaridan foydalanuvchilarning har biri  iPhone qurilmalari orasida o‘zining sevimli smartfoniga ega. Uoll-Strit investorlari ham xuddi shunday, biroq ularning tanlovi dizayn va funksiyalarga emas, moliyaviy effektga asoslanadi. 10 yil davomida smartfonlarning  ba'zi modellari sotuvlarning o‘sishini sezilarli darajada oshirishga yoki investorlar uchun muhimroq bo‘lgan Apple aksiyalarining o‘sishiga yordam berdi. InsiderPro shu haqidagi maqolasi bilan bo‘lishdi. 

Apple fanatlari va investorlar faqat bir narsada hamfikr bo‘lishdi - 2011 yilning oktabrida namoyish qilingan iPhone 4s kompaniyaning eng yaxshi smartfonlaridan biri bo‘lgan. Birinchidan, unda antenna bilan bog‘liq muammo hal etilgan. Ikkinchidan esa, u Apple aksiyalari bahosini ko‘targan. iPhone 4s taqdimoti arafasida kompaniya qog‘ozlari olti oyda 28 foizga qimmatlashdi. Namoyish kuni ular 3 foizga pasaydi, biroq keyingi yillarda 36 foizga oshdi. Bir yilda esa umumiy daromad 69 foizni tashkil qildi. (Bu ayfonlar reytingidagi ikkinchi natija).

Investorlarning nuqtai nazariga ko‘ra, eng yaxshi iPhone sifatida korporatsiyaning birinchi modeli e'tirof etilgan. Uning taqdimotidan keyin bir yil ichida Apple aksiyalari 119 foizga oshgan - bu barcha iPhone'lar orasidagi eng yaxshi natija. 

Eng past natija ko‘rsatgan iPhone sifatida esa 2012 yilda namoyish qilingan iPhone 5 smartfoni bo‘ldi. Holbuki, bu avlod modeli avvalgilariga nisbatan ancha ingichka va yengilroq bo‘lib, u ilk marta 4 dyuymli ekran ko‘rinishida (undan oldingilari 3,5 dyuym bo‘lgan) ishlangan. Smartfon taqdimoti arafasida kompaniya aksiyalari olti oy ichida 11 foizga oshdi. Namoyish kuni esa o‘sish 1 foizni tashkil qilgan. Biroq smartfon modeli avvalgilari kabi daromadli bo‘lmagan, shu bois keyingi yarim yilda Apple'ning qimmatbaho qog‘ozlari 43 foizga arzonlashgan. Ular bir yilda 36 foizga tushib ketgan. 

Quyida esa iPhone'ning qolgan modellari va Apple aksiyalarining jadvali taqdim etiladi. 

Ko‘proq yangiliklar: