Video: Chililik jarrohlar operatsiya vaqtida terma jamoa uchrashuvini tomosha qilishdi
Chilidagi shifoxonalardan birining jarrohlari shundoq operatsiya vaqtida Konfederatsiya kubogining Chili va Portugaliya o‘rtasidagi yarimfinal uchrashuvini tomosha qilishdi, deb xabar bermoqda National Helm.
Internetda uchrashuv qahramoniga aylangan, Chili darvozaboni Klaudio Bravoning penaltilar seriyasida to‘pni qaytarishiga shodlanayotgan shifokorlar videoroligi paydo bo‘ldi. Ushbu rolik Chili jamiyatida katta bahs-munozara keltirib chiqardi.
Jarrohlarning bu mas'uliyatsiz xatti-harakatlarini taftish qilish haqidagi ko‘plab murojaatlardan keyin Chili hukumati jarrohlarni mas'uliyatsizlikda aybladi. Chili parlamenti deputati Karla Rubilar shifokorlar barcha mumkin bo‘lgan me'yor va qoidalarni buzishganini va bu holatni tergov qilish lozimligini aytgan.
Uchrashuv esa Chilining penaltilar seriyasidagi 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan va u finalga yo‘l olgan. Penaltilar seriyasida Bravo portugallarning qatorasiga 3 ta to‘pini qaytara olgan.
Mavzuga oid

14:14 / 26.02.2025
Chilida butun mamlakat bo‘ylab blekaut yuz berdi

22:59 / 14.02.2025
Bukri kit odamni yutib yuborib, so‘ng tuflab tashladi - video

10:19 / 25.04.2024
Chilining O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

18:48 / 07.02.2024