Toshkentda «Kamolot»ning navbatdagi Qurultoyi o‘tkazilmoqda

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining hamda O‘zbekiston Respublikasida 2017-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturiga muvofiq Harakatning har 5 yilda kamida bir marta chaqiriladigan IV Qurultoyini tashkil etish va o‘tkazish belgilangan.
Joriy yilning 28-30 iyun kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan harakatning navbatdagi Qurultoyida hududiy kengashlar Konferentsiyalarida saylangan 600 nafar delegat – respublika yoshlarining vakillari ishtirok etmoqda.
Qurultoyda harakatning Nizomi va Dasturini tasdiqlash, ularga o‘zgartish va qo‘shimchalarni kiritish; harakatni qayta tashkil etish va faoliyatini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilish; Markaziy Kengash va Markaziy nazorat-taftish komissiyasi hisobotlarini tinglash, ular bo‘yicha qarorlar qabul qilish; Markaziy Kengash va Markaziy nazorat-taftish komissiyasi tarkibini saylash; Markaziy Kengash raisi, uning o‘rinbosarlari va Markaziy nazorat-taftish komissiyasi raisini 5 yil muddatga saylash kabi masalalar ko‘riladi.
Ishtirokchilarni 29 iyun kuni erta tongdan “Shahidlar xiyoboni” yodgorlik majmuasiga tashrif buyurishadi. Qolaversa, ular “Qatag‘on qurbonlari” muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi hamda Hazrati Imom majmuasiga ham bo‘lishib, tarixiy va muqaddas qadamjolarni ziyorat qilishadi.
Mavzuga oid

21:10 / 08.03.2025
Yangiyo‘lda ko‘prikning bir qismi o‘pirildi

09:21 / 08.03.2025
Tez yordam xodimlari uy yo‘lagida tashlab ketgan fuqaroning holati haqida ma’lumot berildi

16:24 / 07.03.2025
“Vahimaga tushmang” - Kadastr agentligi yerlar xitoyliklarga sotilayotgani haqidagi mish-mishlarni rad etdi

09:32 / 07.03.2025