Yaqinda Yevropa parlamenti ovoz berish jarayoniga kishilar sun'iy idrok va robotlar bilan muloqot qilishi mumkin bo‘lgan qoidalar ro‘yxatini ovoz berishga olib chiqish niyatida ekanini ma'lum qildi.
Yevroparlament deputatlari robotlarga “elektron shaxs” maqomini berishni hal etadi. Tashabbus mualliflari fikricha, robotlar foydalanuvchilari jismoniy yoki ruhiy jarohatlar olish tahdidi yoki bu boradagi qo‘rquvdan ozod etilishlari lozim. Shuning uchun robotlar ishlab chiqaruvchilaridan, ularning har birida kerak bo‘lgan sharoitda barcha funksiyalarini o‘chirib qo‘yish mumkin bo‘lgan qurilma bo‘lishi borasida kafolatlar talab etiladi. Ajoyib! Yevropaliklar navbatdagi marotaba o‘zlarining qonunchilik ishlanmalari bilan “sayyoraning eng oldida” paydo bo‘lishdi. Hozircha yuqori texnologiyali kompaniyalar sun'iy idrok yaratish bilan jiddiy shug‘ullana boshladi, yevroparlamentariylar esa o‘sha sun'iy idrok rioya etishi kerak bo‘lgan qonunlarni ishlab chiqmoqda.
Bu harakatlar naqadar hodisalardan o‘zib ketuvchi bo‘lib tuyulmasin, biroq, bunga real asoslar bo‘lgan. Masalan, o‘tgan yili chatbot - «Microsoft» tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda muloqot uchun ishlab chiqilgan dastur – virtual suhbatdosh bilan mojaro yuz berdi. Unga hattoki shaxsiy ism berishdi - Tau. Hamda bu yoki dastur, yoxud shaxs amaldagi qonunlarni buzishga ulgurdi. Tau tirik insonlar bilan muloqot jarayonining o‘zida ko‘nikmalar hosil qilib boradi, suhbatdoshi iboralarini qo‘llagan holda so‘z boyligini oshiradi. Bir hafta o‘tar-o‘tmas Tau irqchi, natsizm g‘oyalari tarafdori sifatida muloqot qila boshladi, haqoratli so‘zlarni ishlatib, provokatsion siyosiy bayonotlar berdi va suhbatdoshlarini haqorat qildi. Ma'lumki, ekstremistik g‘oyalarni ilgari surish va boshqa dushmanlik kayfiyatini yuzaga keltirish qonun bilan taqiqlangan. Tirik foydalanuvchilar Tau bilan muloqot qilib, nimani his etishganini tasavvur etish mushkul. Axir ular vaqtni qiziqarli o‘tkazish va rohat olishni maqsad qilishgandi. Bu yerda esa qandaydir dastur ularni haqorat qilmoqda. Ruhiy jarohat ta'minlangani aniq.
Biroq bu yerda ruhiy zararni kimdan talab qilsa bo‘ladi? Albatta, aybdor topildi. «Microsoft Research» vitse-prezidenti Piter Li kompaniya rasmiy saytida uzr so‘rashga majbur bo‘ldi. «Biz Tauning atayin qilinmagan haqoratlari va kishini ranjituvchi tvitlaridan chuqur afsusdamiz. Ular biz qanday ekanimiz, bizning fikr qanday ekani va biz Tauni qanday yaratganimiz haqida tasavvur bermaydi», - deya yozdi Li.
Internetda botlar-ku son-sanoqsiz. Agarda ular ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘inlikni mustaqil ravishda keltirib chiqarsa nima bo‘ladi? Dunyodagi shundoq ham murakkab siyosiy vaziyatni qandaydir dasturlar yanada qiyinlashtirishi mumkin. Yo‘q, yevropaliklar bu boradagi qonunchilik bilan vaqtida shug‘ullana boshlashdi. Biroq ularning qonunchilik tashabbuslari juda ham oddiydek tuyulmoqda – o‘chirish uchun tugmachani o‘rnatish.
Bu yerda Ayzek Azimovning robototexnika bo‘yicha barcha qonunlarini esga olgan ma'qul. 1. Robot kishiga zarar keltirishi yoki o‘zining xatti-harakatsizligi tufayli kishiga zarar yetishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak. 2. Robot inson tomonidan berilgan barcha buyruqlarga bosh egishi kerak, bunda ushbu buyruqlar birinchi qonunga zid bo‘lishi holatlari istisno. 3. Robot o‘z xavfsizligi haqida, bu birinchi yoki ikkinchi qonunga qarshi bo‘lmasa, qayg‘urishi kerak. Hamda bularga anchadan keyin nolinchi qonun qo‘shildi – robot insoniyatga zarar keltirish kerak emas yoki o‘zining xatti-harakatsizligi bilan insoniyatga zarar keltirilishiga yo‘l qo‘ymasligi lozim. Bu qonunlarni bir vaqtda va xalqaro darajada qabul qilgan ma'qul. Aks holda qandaydir korporatsiya qaysidir ofshorda qandaydir supersun'iy idrok yaratadi, u esa internetni bo‘ysundiradi. Shunda barchaga oson bo‘lmaydi.
Viktor ABATUROV,
iqtisodiy tadqiqotlar Markazi bosh ilmiy xodimi.