Samsung portlab ketishi bilan xavf solgan Galaxy Note 7 smartfonini bozorga qaytarmoqda

Fan-texnika 20:27 / 28.06.2017 7262

Samsung butun dunyodan akkumulyatorlari portlab ketishi xavfi sababli qaytarib olingan Galaxy Note 7 smartfonlarini ta'mirlab, Janubiy Koreya bozoriga chiqarmoqda. Kompaniya bu smartfonlarni "ashaddiy muxlislar uchun" mo‘ljallanganini aytmoqda. 

Smartfonning ta'mirdan chiqarilgan modeli Galaxy Note 7 FE deb nom oldi, undagi FE – Fandom Edition (muxlislar uchun versiya) deganini anglatadi, deb xabar bermoqda The Wall Street Journal nashri. Smartfonni faqatgina Janubiy Koreyada 1 iyuldan boshlab 700 ming von (616 dollar) narxda sotib olish mumkin bo‘ladi. 

2016 yil yozida sotuvga chiqarilgan Galaxy Note 7 akkumulyatori portlab ketishi bilan bog‘liq ko‘plab holatlardan keyin savdodan va foydalanuvchilardan to‘liq qaytarib olingandi. Yangi Galaxy Note 7 FE’da akkumulyator va ba'zi detallar almashtirildi. Smartfonlarni bor-yo‘g‘i 400 ming dona miqdorda chiqarish rejalashtirilgan. 

Avvalroq Samsung ta'mirlangan Galaxy Note 7’larni Hindiston, Vetnam va boshqa davlatlarda sotishni rejalashtirayotgani ma'lum qilingandi.

Yangi batareyaning sig‘imi avvalgidan kichikroq – 3000 mA-soat dan 3200 mA-soat gacha oralig‘ida bo‘ladi. Qurilmaning asosiy detallari avvalgidek qoladi, biroq ular yangi qobiqlarga joylashtiriladi.

Samsung model qaytarib olinishigacha sotgan 3,06 mln dona Galaxy Note 7’dan 98 foizini qaytara olgan. Biroq ba'zi foydalanuvchilar smartfonni o‘zlarida qoldirishga qaror qilishgan, endi ularda smartfonning xavfsiz muqobili paydo bo‘ladi. Ta'kidlanishicha, 2,5 mln ta Galaxy Note 7 qayta sotishga yaroqli holdadir. The Wall Street Journal tomondan so‘ralgan tahlilchilarning fikricha, Galaxy Note 7’ning bozorga qaytarilishi yangi Galaxy S8 sotilishiga salbiy ta'sir ko‘rsatmaydi.

Ko‘proq yangiliklar: