NATO Ukrainaga kiberhujumlardan himoyalanishda yordam beradi

Fan-texnika 15:33 / 28.06.2017 2887

NATO bosh kotibi Yyens Stoltenbergning ma'lum qilishicha, alyans mutaxassislari Ukrainaga kiberhujumlardan himoyalanishda yordam ko‘rsatadi.

«Biz Ukraina bilan ushbu yo‘nalishda faol hamkorlik qilmoqdamiz. Kiberxavfsizlik bo‘yicha trast fondi tashkil etdik, hamda NATO mutaxassislari Ukrainaga ko‘mak ko‘rsatmoqda», - deya Stoltenbergning so‘zlarini keltiradi TASS.

Seshanba kuni Petya shifrli virusi butun dunyo mamlakatlari kompyuterlariga ziyon yetkazgani ma'lum bo‘ldi. Shuningdek, Ukraina hukumati kompyuterlari ham kiberhujumga uchradi.

Yangi kompyuter virusi Osiyoda ham tarqaldi

Ko‘proq yangiliklar: