Ukraina hukumati kompyuterlari kiberhujumga uchradi

Fan-texnika 17:52 / 27.06.2017 5054

Ukraina hukumatining barcha kompyuterlari xakerlik hujumiga uchradi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Pavel Rozenko Facebook’dagi sahifasida xabar berdi.

Bundan tashqari, Ukraina Milliy banki mamlakat moliya muassasalari, shuningdek, qator tijoriy va davlat sektori korxonalariga noma'lum virus orqali tashqi xakerlik hujumi uyushtirilganini ma'lum qildi.

Interfaks-Ukraina’ning xabar berishicha, keng ko‘lamli kiberhujum Kiyev metropoliteni, “Kiyevenergo” va “Ukrenergo” hamda boshqa korxonalarga ham qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: