Shimoliy Koreyada iPhone muqobili ishlab chiqarildi

Fan-texnika 15:54 / 27.06.2017 8483

Shimoliy Koreyaning Mangyongdae Information Technology Corporation kompaniyasi tashqi ko‘rinishidan iPhone'ga o‘xshaydigan smartfon sotuvlariga start berdi. Qurilma Jindallae 3 nomini oldi. Daily Mail nashri shu haqida ma'lum qildi.

Smartfon xususiyatlari haqida ma'lumot berilmagan. Firma bayonotiga ko‘ra, qurilma avvalgi smartfonlariga qaraganda foydalanishda qulay va xavfsiz. Shuningdek uning dizayni va operatsion tizimi KXDRda ishlab chiqilgan. 

Tahlilchilarning so‘zlariga ko‘ra, Jindallae 3 Shimoliy Koreyada ishlab chiqarilmagan, unga Xitoy modellari asos sifatida xizmat qilgan.

Manbaga ko‘ra, smartfonda turli ilovalar mavjud - kalkulyator, karta o‘yini, internet-brauzer, musiqiy pleyer, fotoilova kabilar shular jumlasidandir. Shuningdek smartfonda "Maxfiy makon" dasturi ham bo‘lib, uning vazifasi haqida ma'lum qilinmagan.

Jindallae — Osiyo mamlakatlarida o‘suvchi, rododendronlar oilasiga kiruvchi gulning koreyscha nomi. 

Ko‘proq yangiliklar: