Qadr kechasida qilingan duo qalblarni yana bir bor titratdi (video)

Jamiyat 00:30 / 23.06.2017 54155

Inson hayotiy dunyoda umrguzaronlik qilar ekan, Alloh tomonidan unga taqdim etilgan imkoniyatlardan foydalangan holda ikki dunyo saodatmandi bo‘lish uchun zaxira to‘playdi. Bu imkoniyatlarni har kim ham ko‘rib, anglab yetavermaydi. Yaratganning o‘zi bandasiga bu imkoniyatlarni anglash uchun hikmat berib qo‘yadi. Ramazon kunlari, ayniqsa, Laylatul Qadr kechasi ana shunday imkoniyatlardan biridir.

Allohga shukrlar bo‘lsinki, bu yilgi Ramazon oyida yurtimiz masjidlari haqiqiy mo‘min-musulmon, ixlosmand va Yaratgan marhamatidan umidvor insonlar bilan to‘lib-toshdi. Xatmonlar, taroveh namozlari va duoi-zikrlar bu kunlarning fayziga fayz qo‘shdi. Jumladan, Ramazonning 27-kuniga o‘tar arafasida Qadr kechasining kutib olinishi ham o‘zgacha shukuhli va tarovatli bo‘ldi.

Poytaxtning “Mirzo Yusuf” jome masjidida Alloh roziligi va savobni niyat etib to‘plangan mo‘min-musulmonlar bu kecha fayzidan, rahmatidan, barakasidan umidvor holda duoga qo‘l ochishdi. Muhammad Loyiq qori Abdulvohid o‘g‘li Xatmi Qur'on duosini o‘qiganda qalblar to‘lqinlandi, “omiyn” deya duolar mustajobidan umid qilindi. Duo olishning ulug‘ fazilat ekanligi, qilingan duolar qabul bo‘lishidan taqdirlar o‘zgarib ketishi haqida Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v)ning muborak hadislarida marhamat qilingan. Barcha mo‘min-musulmonlarning shu kechada qilgan duolari Yaratgan huzurida maqbul bo‘lishini ixlos ila niyat qilib qolamiz.

Ko‘proq yangiliklar: