Avstraliyada mamlakatning eng yirik banklariga qariyb 300 mln dollarlik soliq solindi

Iqtisodiyot 13:46 / 22.06.2017 4020

Avstraliya hukumati mamlakatning beshta yirik banki (Commonwealth Bank of Australia, Westpac Banking Corp, Australia and New Zealand Banking Group, National Australia Bank va Macquarie Group)ga to‘rt yil davomida 280 mln dollarlik yangi soliq soldi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, bunday qaror ushbu banklardan olingan 4,6 mlrd dollarlik juda yuqori federal yig‘imdan so‘ng qabul qilindi.

«Yirik banklar daromadi juda katta – beshta bank o‘tgan yilning o‘zida soliq solinishidan so‘ng ham qariyb 30 mlrd dollarlik daromad oldi», - degan Janubiy Avstraliya shtati g‘aznachisi Tom Kutsantonis.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, ushbu banklar iqtisodiy o‘sishga ko‘proq hissa qo‘shishi va ish o‘rinlarini yaratishi kerak.

Ko‘proq yangiliklar: