Rossiya valyutasi neft bozorining salbiy dinamikasi fonida bir dollarga 60 rubl va bir yevroga 67 rubllik ko‘rsatkichdan o‘tdi hamda 2017 yilning fevrali va 2016 yilning dekabridagi minimumlarni mos ravishda yangiladi. Bundan savdolar natijalari darak bermoqda.
Moskva vaqti bilan soat 10.29 da dollar kursi 0,52 rublga oshib, 60,15 rublni tashkil qilgan bo‘lsa, yevro kursi – 0,63 rublga qimmatlashib, 66,97 rublga teng bo‘ldi.
Neft narxi esa Brent turining bir barreli uchun 45,5 dollar atrofida turibdi. Bu 2016 yilning noyabridagi minimumga yaqin degani.