«Valyuta bozorini erkinlashtirish bilan qo‘rqitish kerak emas»

Iqtisodiyot 14:21 / 20.06.2017 71786

«Bizga “shok terapiya”si kerak» maqolasidan «chetlab o‘tib» keta olmadim (Aleksandr Davletovning maqolasi Uz24 saytida 17 iyun kuni e'lon qilingan). Muallif o‘zini valyuta bozorini erkinlashtirish tarafdori, deb e'lon qiladi, biroq, shu bilan birga, bu juda jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini aytadi. Bu maqola erkinlashtirishga qarshi bo‘lganlarda juda ijobiy kayfiyat uyg‘otgani bejiz emas: ularda uzoq vaqt bo‘lmagan asoslar topildi. Bu ular uchun shunchaki sovg‘a!

Muallifning fikricha, valyuta bozorining erkinlashtirilishi qanday xatar uyg‘otadi?

- Erkin bozor kursi bir dollar uchun 10 500 so‘mgacha chiqadi;
- YaIM o‘sishi sekinlashadi yoki hattoki to‘xtaydi;
- Inflyatsiya va ishsizlik darajasi ikkita raqamli songa yetadi.

Va bularning bariga «shok terapiyasi» kabi «qo‘rqinchli» iboradan foydalanish orqali hamrohlik qilinadi.

Oddiysi - inflyatsiyadan boshlaymiz. O‘zbekistonning xaridlarni qiluvchi istalgan fuqarosi biladiki, bizda hech qanday erkinlashtirish bo‘lmay turib ikkita raqamli son bor (ya'ni 10 foizdan ko‘proq), albatta, agarda bizning rasmiy statistikaga ko‘r-ko‘rona ishonmasak. Ko‘r-ko‘rona ishonish esa kerak emas, sababi u nafaqat sog‘lom fikrga zid, balki o‘ziga-o‘zi ham qarshi. Shuning uchun inflyatsiyaning ikkita raqamli songa yetishi borasidagi tahdidlar mantiqsiz – biz allaqachon o‘sha yerdamiz.

Boshqa masala, valyuta bozorini erkinlashtirish inflyatsiyani yanada kuchaytirishi mumkinmi? Bu import tovarlarga narxlar ko‘tarilsa, yuz beradi. Biroq, bugungi kunda aksariyat import mahsulotlari bozor («qora» yoki «birja») kursida sotilmoqda. Istalgan bozorni erkinlashtirishda (nafaqat valyuta bozorini) muvozanat narxi (muvozanat kursi) norasmiy bozorlarda rasmiy narx (kurs) va narx (kurs) o‘rtasida o‘rnatiladi. U norasmiy bozor narxidan yuqori bo‘lishi mumkin emas. Bu iqtisodiyot qonuni. O‘ylashimcha, muvozanat nuqtasi hozirda «qora» kursga yaqin yoki u va «birja» kursi bilan oraliqda joylashgan. Demak, o‘rtacha bozor narxlari kuchli oshishi kerak emas, ko‘p ehtimol bilan erkinlashtirish ularga ta'sir qilmaydi. Garchi narxlar tuzilmasi o‘zgarishi mumkin (qaysidir biri oshadi, boshqasi esa tushadi). Biroq inflyatsiya haqida gapirar ekanmiz, aynan o‘rtacha narxlarni nazarda tutamiz.

Biroq muallifning negadir ishonchi komilki, erkin bozorda kurs birja kursidan 10-15 foizga albatta oshib ketadi. Kursning juda qisqa muddatli tebranishlari, albatta, bo‘lishi mumkin. Biroq bunday kurs uzoq vaqt turmaydi: unda valyutaga talab minimal bo‘ladi (sababi import juda qimmat va foydasiz bo‘ladi). Kursning chayqov tebranishlari nafaqat erkinlashtirishda, balki istalgan bozor iqtisodiyotida bo‘lishi mumkin. Markaziy bank bunga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida valyuta intervensiyalarini amalga oshirmoqda. Bu yerda alohida nimadir va bozor munosabatlariga zid hech narsa yo‘q. Aksincha, barqaror ayirboshlash kursi – tashqi savdo munosabatlarning normal rivoji talabi.

Shuning uchun, agarda MB o‘z majburiyatlarini bajarsa, dollarning «birja» kursidan yuqori darajaga hattoki qisqa muddatli chiqishi ham bo‘lmaydi. Bu erkinlashtirishga qarshi bo‘lganlarning navbatdagi qo‘rqinchli fikri.

Endilikda iqtisodiy o‘sishning sekinlashishi va ishsizlikning o‘sishi haqida. Bu yerda valyuta bozorining erkinlashtirilishi shunday dahshatli hodisalarga aynan qanday olib kelishi tushunarsiz. Hech qanday tushuntirishlar yo‘q, faqatgina bitta satr bilan: sekinlashadi (hattoki to‘xtaydi) va o‘sadi. Istaganingizcha tushuning.

Bundan tashqari, muallifning fikricha, ayirboshlash kursining devalvatsiyasi (muomaladagi qadrsizlangan qog‘oz pullarni bekor qilish yoki qiymatini tushirish) ro‘y bersa, unda iqtisodiy nazariya va ko‘p sonli amaliyotlarga ko‘ra, o‘sish kuchayishi kerak (eksportning oshishi hisobidan), ishsizlik esa kamayadi. Ba'zi bir nazariyalarga muvofiq, inflyatsiya ham qisqa muddatli davrda iqtisodiy o‘sishni kuchaytiradi (muallif esa aynan shu haqda gapirmoqda). Xo‘sh, nega o‘sish sekinlashishi, ishsizlik esa o‘sishi lozim?

Agarda gap bizning YaIM dollar nuqtai nazaridan tushib ketsa (sababi rasmiy kurs devalvatsiya qilinadi), buning real iqtisodiy o‘sishga hech qanday aloqasi yo‘q. Iqtisodiy o‘sish milliy valyutadagi YaIM bo‘yicha hisoblanadi. Bundan tashqari, bizning statistikaning «o‘ziga xos jihatlari» e'tiborga olinsa (bizga, iqtisodiyotda real nima ro‘y berayotganiga qaramay, barqaror 8 foizlik o‘sishni «kafolatlovchi»), aslida hech kim bizda haqiqatdan ham o‘sish borligi hamda uning ahamiyatini bilmaydi.

Yana bir eslatish. 2002-2003 yillarda bizning davlatda valyuta bozori erkinlashtirilgandi. Iqtisodiy o‘sishning hech qanday sekinlashishi. Inflyatsiya va ishsizlik o‘sishi yaqin ham kelmagan. Aksincha, iqtisodiy o‘sish eksportning to‘rt barobar oshishi bilan (2004-2008 yillar uchun) birga tezlashdi, inflyatsiya esa pasaydi. Bu – mustaqillikdan so‘ng iqtisodiy o‘sishning eng yaxshi yillari edi. Nima deb o‘ylaysiz, qayerda teng muvozanatli ayirboshlash kursi o‘rnatildi? Erkinlashtirishga qadar farq 6 barobarga teng edi: 300 (taxminan) – rasmiy, 1 800 – bozor. Teng muvozanatlisi 900 darajasida bo‘ldi. Hozirda u, bir qator sharoitlar tufayli, bozor kursiga yaqinroq bo‘ladi, biroq, undan oshmaydi.

Katta iltimos, ayniqsa, islohotlar tarafdorlariga: hech narsaga asoslanmagan qolipli va qo‘rqinchli fikrlarni qaytarish kerak emas. Islohotlarni o‘tkazish uchun yo‘q bo‘lgan muammolarni ixtiro qilish ham kerak emas. Muammolar va islohotlar xarajati, albatta, bor, biroq ular har soniyada iqtisodiyot islohotlarning yo‘qligi tufayli duch kelayotgan xarajatlarga umuman teng emas.

O‘zbekistonda 1996 yilning kuzida konvertatsiyani bekor qilishdi. Hech qanday hisob-kitoblar va oqibatlarni baholamay turib bekor qilishdi. 2003-2008 yillarda valyuta bozorini yana «normal» ahvolga keltirdik va iqtisodiyotning rivojida jiddiy muvaffaqiyatlarga erishdik, hamda hozirga qadar qaysidir ma'noda o‘sha «iliqlashish» mevalari sabab yashamoqdamiz. 2008 yilning kuzida bozor munosabatlarini o‘ldirish va bizning iqtisodiyotni xalqaro mehnat kesimida ishtirok etishdan to‘sib qo‘yish bo‘yicha navbatdagi volyuntaristik qadam (yana hech qanday hisob-kitoblar va asoslarsiz) ro‘y berdi. Hozirda «uyga qaytish» va o‘z ichiga erkin konvertatsiyani joriy etishni qamrab olgan majmuaviy iqtisodiy islohotlarni o‘tkazishning ayni vaqti.

Shunday ekan, keling uni qilaylik.

Ko‘proq yangiliklar: