Malayziyada mehmonxona toifasiga bog‘liq holda sayyohlik solig‘i kiritiladi

Jahon 00:21 / 20.06.2017 3250

1 avgustdan Malayziyada yagona sayyohlik solig‘i kiritilayotgani ma'lum qilindi. Uning qiymati sayyohlar yashaydigan mehmonxona toifasiga bog‘liq bo‘ladi.  

Jumladan, 5 yulduzli mehmonxonada yashashning har bir kuni uchun sayyohning millatidan tashqari ushbu soliq 20 Malayziya ringgitini (4,5 dollar) tashkil qiladi. 4 yulduzli mehmonxonada to‘xtaganlik uchun 10 rinngit  (2,2 dollarga yaqin), 3 yulduzli va undan pastroq mehmonxonada yashaganlik uchun 5 ringgit soliq to‘lanadi.

Malayziya oilalarida yashovchilar, diniy muassasalarga qarashli joylarda bo‘lganlar, tijorat bilan shug‘ullanmaydiganlar hamda xonalari soni 10 tadan kamroq inshootlarda yashovchi sayyohlar soliq to‘lashdan ozod etiladilar.

Ko‘proq yangiliklar: