Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Anvar qori Tursunov: “Laylatul Qadrni ziyofat qilib emas, yaxshilik ila o‘tkazish kerak”

Kun.uz’ning “Ramazon tuhfasi” loyihasi doirasida din ulamolari bilan olib borilayotgan fayzli suhbatlarni davom ettirgan holda galdagi mehmonimiz Toshkent shahri bosh imom-xatibi Anvar qori Tursunov bo‘ldi. Biz u kishi bilan Ramazon oyining eng muborak kuni bo‘lmish Laylatul Qadr kechasi va uning fazilatlari haqida suhbatlashdik.
“Bismillahir rohmanir rohiym. O‘zbekistonda moddiy holat qanchalik yuksak darajaga ko‘tarilayotgan bo‘lsa, ma'naviy holat ham ana shunday sur'atda yuqorilab bormoqda. Ma'naviyatimizning javhari Islom dini, Qur'oni karimdir. O‘zbek xalqining butun hayoti, urf-odatlari mana shu din bilan chambarchas bog‘liq.
Prezidentimiz tomonidan bu yilgi Ramazon oyini chiroyli o‘tkazish borasida qabul qilingan qaror o‘zining amaliy ifodasini topdi. O‘zbekistonning mingga yaqin, jumladan, Toshkentning 105 ta masjidida Qur'on xatmi bo‘lib o‘tdi. Juda katta ulamolarimizning aytishicha, xatmonalar qilishda jahonda, birinchi o‘rin, Makkai mukarramaga nasib etsa, undan keyingi o‘rinda O‘zbekiston turadi. Mamlakatdagi fayz, baraka, odob-axloq – barchasi yaxshilikdan dalolatdir.
Ramazonning eng oliy cho‘qqisi bu – Laylatul Qadr kechasidir. Payg‘ambarimiz (s.a.v) shunday marhamat qiladilar: “Kim Laylatul Qadr kechasida bedor bo‘lib, duo qilsa, uning avvalgi gunohlari mag‘firat qilinadi”. Bu biz ummatlarga bashorat. Kimki shu kechada ixlos bilan, yolvorib Allohga duo qilib chiqsa, onadan yangi tug‘ilgan kabi gunohlardan forig‘ bo‘ladi. Bu, albatta, biz uchun katta saodat.
Bu kechani ziyofat qilib emas, yaxshilik qilib o‘tkazish kerak. Afsuski, ko‘pchilik turli taomlar hozirlab olib, dasturxonlarni bezab, turli xil gaplarni sotib, biz Qadr kechasida o‘tirdik, deyishlari mutlaqo noto‘g‘ri amaldir. Xo‘sh, bu kechada nimalar bilan band bo‘lish lozim bo‘ladi? Avvalo, qalbni mana shu kunga sozlab olish kerak. Hufton namozidan keyin, tahoratni yangilab, poklanib, duo-yu zikrda bo‘lish, tahajjud namozini o‘qish, Qur'on tilovat qilish, istig‘for aytish, takbir va tahlillarga e'tibor qaratish lozim bo‘ladi. Ana shunda inson o‘zidagi o‘zgarishlarni, qalbiga yaxshi narsalar quyilib kelayotganini anglaydi. Bu kechani mana shunday o‘tkazsakkina foyda olamiz, hadisda aytilgan saodatga erishamiz.
Bir narsani yaxshilab idrok etib olmoq kerak. Rasulimiz (s.a.v): “Amallar niyatga bog‘liq”, deb aytganlar. Shu bois har bir kishi yuqorida aytib o‘tilganidek, qalbni poklab olishi kerak. Bu kechada, ayniqsa, qalbda Allohga bo‘lgan muhabbatni yanada oshirish lozimdir. Aytmoqchi bo‘lganimizki, mana shu kechada bedor bo‘ladigan kishining qalbida chirkin illatlar bo‘lmasligi, uni sof holda ushlab turishi juda yaxshi ishdir.
Anvar qori Tursunov bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda Qadr kechasi haqida juda ko‘plab foydali ma'lumotlar olindi. Bu borada Allohning kalomiga yuzlanildi. Suhbatning to‘liq video lavhasini tomosha qilishingiz mumkin.

Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi
O‘zbekiston | 01:06
-
«Ruslar qandaydir tarixchi bilan keldi». NATO bosh kotibi Istanbuldagi Rossiya delegatsiyasi tarkibini tanqid qildi
Jahon | 00:58
-
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin
Jahon | 23:54 / 14.07.2025
-
Avstarliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
Jahon | 23:51 / 14.07.2025
Mavzuga oid

17:44 / 25.03.2025
Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istonda joriy Ramazon oyi 29 kunda yakunlanishi kutilyapti. 30 mart Hayit bo‘lishi mumkin

10:32 / 01.03.2025
Saida Mirziyoyeva Ramazon oyi munosabati bilan o‘zbekistonliklarni tabrikladi

22:08 / 28.02.2025
Shavkat Mirziyoyev Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tabrik yo‘lladi

17:09 / 28.02.2025