«Verratti bo‘lmasa, boshqasi». «Barselona» muqobil variantga tayyor

Sport 17:57 / 19.06.2017 7603

«Barselona» agar Marko Verratti transferi amalga oshmagan taqdirda Turinning «Yuventus» klubi yarimhimoyachisi Miralem Pyanichni sotib olishni rejalashtirgan, deya xabar bergan Mundo Deportivo nashri. 

Manba bergan xabarga ko‘ra, Pyanichni kataloniyaliklar futbolchi «Lion»da to‘p surganidan buyon kuzatib kelishayotgandi.

Ortda qolgan mavsumda Pyanich Italiya A seriyasining 30 uchrashuvida ishtirok etib, 5 gol va 9 golli uzatma muallifiga aylangan. Bosniyalik futbolchining «keksa sinora» bilan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq «Barselona» rahbariyati Marko Verrattini sotib olgan taqdirda Ivan Rakitichga sotishni rejalashtirgani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: