O‘zbekistondagi barcha maktablarda 11 yillik ta'limga qaytish yuzasidan maxsus so‘rovnoma o‘tkaziladi

O‘zbekiston 18:15 / 19.06.2017 51608

Xalq ta'limi vazirligi 20 iyun kuni respublika bo‘ylab barcha maktablarda 10-11-sinflar ochilishi yuzasidan ota-onalar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazilishi haqida axborot berdi.

«2017 yil - «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari» yili munosabati bilan Xalq ta'limi vazirligi tomonidan keng jamoatchilikning ta'lim tizimi, xususan 9-sinfdan keyingi ta'lim borasida fikri o‘rganilmoqda. 

2017 yil 18 iyun kuni Toshkent shahridagi umumta'lim maktablarida bitiruvchilar va ularning ota-onalari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi. Shu yilning 20 iyun kuni respublikamiz bo‘ylab barcha umumta'lim maktablarida bitiruvchilar va ularning ota-onalarining bu masalada fikri o‘rganiladi.

O‘rganish natijalari haqida qo‘shimcha ma'lumot beriladi», deyilgan Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati xabarida.

Poytaxtda o‘tkazilgan so‘rovnomada ota-onalarning 70 foizi 10–11-sinflar qayta ochilishini yoqlashmoqda

Ko‘proq yangiliklar: