Toshkentda yana bir fohishaxona aniqlandi

Jamiyat 10:21 / 19.06.2017 22099

2017 yilning 15 iyun kuni taxminan soat 21:30larda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, G‘ayratova Sevara (anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan) Yashnobod tumani hududida joylashgan xonadonida fohishaxona saqlab, 100.000 so‘m pul evaziga fuqaro «S» va «G» larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: