Shavkat Mirziyoyev Portugaliya prezidentiga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston 19:48 / 19.06.2017 8603

2017 yil 19 iyunda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Portugaliya Respublikasi prezidenti Marselo Rebelo de Souzaga mamlakatning markaziy qismlarini qamrab olgan o‘rmon yong‘inlari natijasida insonlar halok bo‘lishi va vayronagarchiliklar munosabati bilan maktub yo‘lladi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma'lum qildi.

«Sizga ta'ziya izhor etamiz va butun Portugaliya xalqiga, qurbon bo‘lganlarning oila a'zolari va yaqinlariga hamda jarohatlanganlarga samimiy hamdardligimizni yetkazib qo‘yishingizni so‘raymiz» – deyiladi O‘zbekiston Prezidenti maktubida.

Ko‘proq yangiliklar: