Polsha yiliga 2,5 mingga yaqin o‘zbekistonlikni ish bilan ta'minlashni rejalashtirgan

Jamiyat 10:13 / 19.06.2017 32602

O‘zbekiston Polshaning “JP Construct sp.z.o.o.” kompaniyasi bilan O‘zbekiston fuqarolarini mazkur mamlakatga ishga jalb qilish va yollash to‘g‘risida bitim imzoladi.

Kompaniya Yevropaning ushbu davlatida yiliga 2,5 ming o‘zbekistonlik fuqaroni ish bilan ta'minlashni rejalashtirgan. Joriy yil mart oyida agentlik delegatsiyasi Polshaga tashrif buyurdi. Lodzin va Lyublin hududlari gubernatorlari bilan uchrashuvlarda agentlik taqdimoti o‘tkazildi hamda mazkur hududlarning yirik biznes tuzilmalari uchun brifinglar tashkil qilindi. Ko‘plab yetakchi kompaniyalar bilan kelajakdagi hamkorlik bo‘yicha hujjatlar imzolandi.

Hozirgi kunda “JP Construct sp.z.o.o.” kompaniyasi 50 nafar kishini tanlab oldi. Yaqin kunlarda ular ushbu mamlakatga ketishadi. “Arrou” kadrlar agentligi haydovchilar, muzlatkichli sexlar uchun ishchilar, boshqa ixtisosliklar bo‘yicha mutaxassislar so‘rab murojaat qilgan. Ular oddiy talablarni qo‘yishmoqda, ya'ni xodim mehnatga layoqatli va sog‘lom, malaka hamda tajribaga ega bo‘lishi, boradigan mamlakatning tili va qonunlarini ma'lum darajada bilishi lozim.

Ko‘proq yangiliklar: