Londondagi masjiddan chiqayotgan odamlar furgon haydovchisi tomonidan bosib ketildi

Jahon 07:49 / 19.06.2017 41630

19 iyunga o‘tar kechasi London shimolida miniven masjiddan qaytayotgan odamlarni bosib ketdi. Politsiyaning ta'kidlashicha, voqea oqibatida bir necha kishi jabrlangan, biroq ularning aniq soni aytilmagan. Voqea Finsberi-park tumanidagi Seven Sisters Road ko‘chasida yuz bergan. Bu haqda LBC mahalliy nashriga iqtibos keltirgan holda RBK xabar bermoqda. 

Huquq-tartibot idoralari vakilining ma'lum qilishicha, hujum haqidagi qo‘ng‘iroq mahalliy vaqt bilan soat 00:20larda kelib tushgan. Ta'kidlanishicha, haydovchi yo‘l chetiga chiqib, odamlarga borib urilgan.

Voqea joyiga politsiya, favqulotda xizmatlar xodimlari yetib kelishgan. Huquq-tartibot idoralari bergan ma'lumotlarga ko‘ra, voqea oqibatida qurbonlar bor, ularning soni aniqlashtirilmoqda. Ta'kidlanishicha, mashina haydovchisi odamlar tomondan ushlanib, politsiyaga topshirilgan. 

Ayni vaqtda Seven Sisters ko‘chasi yopib qo‘yilgan. London transport departamenti haydovchilardan boshqa yo‘llardan yurishni so‘ramoqda.

Guvohlarning aytishicha, furgon sekin yura turib, odamlarga urilish oldidan tezligini ataylab oshirgan. Guvohlardan biri qo‘lga olingan haydovchini "irqchi", bo‘lib o‘tgan voqeani esa musulmonlarga adovat ortida amalga oshirilganini aytgan.

Ko‘proq yangiliklar: