Kun videosi. Oskar Xitoyda janjal keltirib chiqardi, Halk aralashdi

Sport 11:30 / 19.06.2017 25582

Ayni vaqtda Xitoyning «Shanghay SIPG» jamoasida to‘p surayotgan «Chelsi»ning sobiq futbolchisi Oskar va «Zenit»ning sobiq hujumchisi Halk mahalliy chempionat doirasida «Guanchjou Fuli»ga qarshi kechgan uchrashuv (1:1) vaqtida kelib chiqqan janjalda ishtirok etishdi.

Janjalni Oskar boshlagan, ikki marta to‘pni ataylab raqibga qarata jahl bilan tepgan va ularning jig‘iga tekkan, natijada ommaviy mushtlashuv boshlangan. Braziliyalik futbolchining o‘zi deyarli oyoq ostida qolib ketgan.

Halk avvaliga vaziyatga aralashmay turgan, keyinroq kuch bilan futbolchilarni ajrata boshlagan. Janjal tinchigach, hakam ikki tomondan bittadan futbolchiga qizil kartochka ko‘rsatgan.

«Shanghay SIPG» a'zosi hisoblangan O‘zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov ushbu uchrashuvda maydonga tushirilmagandi.

Ko‘proq yangiliklar: