«Karib dengiz qaroqchilari» mualliflari kapitan Jyek Chittakdan voz kechishmoqchi

Jamiyat 19:14 / 19.06.2017 18393

“Karib dengizi qaroqchilari” yaratuvchilari kinofranshiza davomida aktyor Jonni Depp va uning qahramoni kapitan Jyek Chittakdan voz kechishmoqchi. Bu haqda Daily Star manbaga asosan xabar berdi.

«Avval Depp kishilar bu filmlarni ko‘rishga kelishi uchun o‘ziga xos sabab edi. Endi esa omma unga qiziqish yo‘qotdi», - dedi portal suhbatdoshi.

Manba so‘zlariga ko‘ra, tomoshabinlarga «Karib dengiz qaroqchilari: Murdalar ertak so‘zlamaydi» kartinasida paydo bo‘lgan 27 yoshli Brenton Tueyts va 25 yoshli Kaya Skodelario ko‘proq yoqmoqda. «Agarda filmdagi bosh rollar Brenton va Kayaga berilsa, bu franshiza uchun toza havo bo‘ladi», - deya ta'kidlab o‘tdi u.
 
Kapitan Jyek Chittak – «Karib dengizi qaroqchilari» filmlari seriyasining bosh qahramonlaridan biri. Kinoepopeya o‘z ichiga beshta kartinani qamrab qoladi. So‘nggi qism, «Murdalar ertak so‘zlamaydi» katta ekranlarga 26 may kuni chiqdi. Barcha kartinalarda Chittak obrazini 54 yoshli Depp ijro etgan.

Ko‘proq yangiliklar: