Britaniya bosh vaziri musulmonlar xavfsizligini ta'minlashga va'da berdi

Jamiyat 19:10 / 19.06.2017 3976

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey musulmonlarning xavfsizligi ta'minlash uchun barcha ishni qilishga va'da berdi. Bu haqda RIA Novosti’ga hukumat rahbarining dushanbaga o‘tar kechasi favqulodda holat yuz bergan masjidga kelganlar bilan uchrashuvi qatnashchilaridan biri xabar qilgan.

"Mey xonim mamlakatdagi musulmonlar hamjamiyati xavfsizligini ta'minlash ustida ishlashini aytdi. U buning uchun barcha ishni qilishini ma'lum qildi", - deya aytib o‘tgan agentlik suhbatdoshi.

Shuningdek, London hokimi Sodiq Xonning dushanba kuni ma'lum qilishicha, shahardagi masjidlar kuchaytirilgan tarzda qo‘riqlana boshlanadi.

Dushanba kuniga o‘tar kechasi London shimolida furgon tungi ibodatdan qaytayotgan musulmonlarga qarab haydab borildi. Politsiyaning xabar berishicha, hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, 10 inson jarohatlandi. 48 yoshli oqtanli erkak buni amalga oshirganlikda gumonlanib qo‘lga olindi.

"Yaqin soatlar va kunlarda, ayniqsa Ramazon oyi yakunlanishi arafasida masjidlar yonida politsiyachilar soni ko‘paytiriladi", - dedi Xon jurnalistlarga.

Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniyada bu so‘nggi uch oyda ro‘y bergan to‘rtinchi teraktga bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: