Biogaz qurilmalarini joriy etish bo‘yicha dastur qabul qilindi

Iqtisodiyot 07:59 / 19.06.2017 14406

O‘zbekistonda 2020 yilgacha 726 ta yirik chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklarida biogaz qurilmalari o‘rnatilishi rejalashtirilmoqda. 

Mamlakat hukumati “2017-2019 yillarda respublikada biogaz qurilmalarini ishlab chiqarish va joriy etishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi.

Hujjatda ta'kidlanishicha, O‘zbekistonda 2017-2019 yillarda 726 ta yirik chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklarida biogaz qurilmalari o‘rnatiladi.

Dasturga ko‘ra, 2017 yilda 75 ta yirik chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklarida biogaz qurilmalari o‘rnatilsa, 2018 yilda – 291 va 2019 yilda – 360 xo‘jalikda joriy etish rejalashtirilgan.

Qarorda aytilishicha, mamlakatdagi 8 ta mahalliy korxonada biogaz qurilmalari ishlab chiqarishni o‘zlashtirish boshlangan.

Hujjatda ta'kidlanishicha, “O‘zbekneftegaz” MXK, “Agrobank” ATB va Poly International Holding zamonaviy biogaz qurilmalarini birgalikda ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolashdi. Uning qiymati 10 mln. dollarga teng.

Hozirda O‘zbekistonda 45 ta chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklarida biogaz qurilmalari joriy etilgan. Ularning umumiy yillik quvvati 1,1 mln. kubometr biogazni tashkil etadi.

Ko‘proq yangiliklar: