17 iyun kuni Toshkentda 5 ta YTH yuz berdi, 6 kishi jarohatlandi

O‘zbekiston 17:17 / 19.06.2017 5573

2017 yilning 17 iyun kuni, Toshkent shahri hududida 5 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan. Mazkur yo‘l-transport hodisasida 6 nafar shaxs tan jarohati olgan, vafot etganlar yo‘q. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

2017 yilning 17 iyun kuni, Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektorlari tomonidan jami 2451 ta huquqbuzarliklar bo‘yicha ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shulardan, 625 tasini qo‘pol turdagi, 12 tasini mast holda transport vositasini boshqarish tashkil etgan. 

2017 yilning 17 iyun kuni Toshkent shahar IIBB YHXB kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan jami 1093 ta huquqbuzarliklar qayd etilgan bo‘lib, shulardan 575 tasini svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga bo‘ysunmasdan harakatlanish, 518 tasini belgilangan me'yordan yuqori tezlikda harakatlanish tashkil etgan.

Ko‘proq yangiliklar: