O‘zbekiston tijorat banklaridagi davlat ulushi yarim milliard dollarga oshiriladi

Iqtisodiyot 07:46 / 18.06.2017 11195

O‘zbekistonning tijorat banklari ustav kapitallarida davlat ulushi 2017 yilda O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot banki mablag‘lari hisobiga 500 mln dollarga ekivalent summaga oshiriladi. 

Bu O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 16 iyundagi qarorida ko‘zda tutilgan. Bu qaror "tijorat banklari kapitallashuvi darajasini qo‘llab-quvvatlash, bank tizimi moliyaviy barqarorligini oshirish va ularning investitsion loyihalar hamda tadbirkorlikni moliyalashtirishda ishtirok etishini kengaytirishga" qaratilgan.  

Qarorda O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot banki ulushini shakllantirish va oshirishga yo‘naltirilayotgan mablag‘lar O‘zbekiston hududlarini 2017-2018 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning manzilli dasturlarini moliyalash yoki birgalikda moliyalash va tadbirkorlik sub'yektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘llanishi kerakligi belgilangan.

Markaziy bankka likvidlikning o‘tkir defitsiti yuzaga kelishi hollarida tijorat banklariga uch oygacha ta'minlashsiz kreditlar taqdim qilish ko‘zda tutilgan mexanizmni joriy qilish vazifasi yuklangan. Bu kreditlar to‘lovlarni uzilishsiz ta'minlash maqsadida banklarning likvidligini qo‘llab-quvvatlash uchungina ajratilishi lozim.     

Ko‘proq yangiliklar: