Turkiyada 731 nafar harbiy ovqatdan zaharlandi

Jahon 19:36 / 18.06.2017 14018

Turkiya g‘arbidagi Manis tumani hududida joylashgan  armiya bo‘limlaridan birida 731 nafar harbiy oziq-ovqatdan zaharlanish natijasida shifoxonaga yetkazildi. Hurriyet nashri shu haqida xabar berdi

17 iyun kuni tushlikdan keyin harbiy xizmatchilar o‘zlarini yomon his qilayotganliklaridan shikoyat qilishgan.

Prokuraturaning ma'lum qilishicha tergov doirasida 21 kishi qo‘lga olingani to‘g‘risida xabar berildi. 

Manbada ta'kidlanishicha, 24 may kuni ham Manisdagi harbiylarning ommaviy zaharlanishi kuzatilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: