«Real» Ronalduning narxini ma'lum qildi

Sport 13:43 / 18.06.2017 38414

«Real» o‘z hujumchisi Krishtianu Ronalduni 400 mln yevrodan kamiga sotmoqchi emas. Bu haqda Daily Mail nashri Marca manbasiga asoslanib xabar tarqatdi.

Madrid klubi bu narx «Manchester Yunayted» va «PSJ» tomonidan qiziqishlar yo‘qolishiga umid qilmoqda.

Shuningdek, «Real» klub prezidenti Florentino Peres, bosh direktor Xose Anxel Sanches va Krishtianu Ronaldu ishtirokida ushbu masala yuzasidan uchrashuv o‘tkazmoqchi. Bu uchrashuv esa Portugaliya terma jamoasi Konfederatsiyalar kubogini yakunlaganidan keyin o‘tkaziladi.

Ronaldu «Real» bilan shartnomani 2016 yil noyabrida yangilagandi, 2021 yilgacha tuzilgan yangi shartnomaga ko‘ra futbolchining maoshi miqdori haftasiga 400 ming funtni tashkil qiladi. Shartnomada Ronaldu uchun 995 mln yevro miqdorida badal puli belgilangandi.

Ko‘proq yangiliklar: