Portugaliyadagi yong‘in qurbonlari soni ortmoqda

Jahon 10:55 / 18.06.2017 6215

Portugaliyaning Leyriya okrugida boshlangan yong‘in tufayli halok bo‘lganlar soni 39nafarga yetdi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Antoniu Koshta ma'lumot bergan.

«39 kishining o‘limini tasdiqlayman. Qurbonlar soni ko‘proq bo‘lishi ham mumkin, ayni vaqtda aniq raqamlarni aytishning imkoni yo‘q», — deya vazirning so‘zlarini keltirgan Publica nashri.

Qayd etilishicha, o‘tni o‘chirish uchun 1500 nafar o‘t o‘chiruvchi va 400 texnika jalb etilgan.

Bundan avvalgi xabarlarda yong‘in qurbonlari soni 24 nafar ekani aytilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: