Kobulda jangarilar amerikalikni o‘g‘irlashdi

Jahon 18:32 / 18.06.2017 10821

Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida qurollangan shaxslar AQSh fuqarosini o‘g‘irlashgan. Bu haqda Khaama Press xabar tarqatdi.

Ushbu hodisa Kart-e-Char tumanidagi politsiya okrugi yaqinida ro‘y bergan.

Taxmin qilinishicha, amerikalik Afg‘oniston qishloq xo‘jaligi vazirligi va Jahon banki hamkorligidagi loyihada ishlagan.

Hozircha amerikalikni qaysi guruh jangarilari o‘g‘irlab ketgani ma'lum emas.

Bundan avvalroq Afg‘onistonda ikki nafar pokistonlik diplomat izsiz yo‘qolgani haqida xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: