Video: Ispan toreadori buqa hujumi natijasida halok bo‘ldi

Jamiyat 20:41 / 18.06.2017 34382

Fransiyada korrida vaqtida toreador Ivan Fandino halokatli jarohat oldi va hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqida NTN24 xabar berdi. 

Voqea Landa departamentidagi Er-syur-l’Adur shahrida sodir bo‘ldi. Ivan egnidagi toreadorlarning maxsus kiyimiga o‘ralib, yerga yiqildi - shu payt buqa uning o‘pka sohasiga shoxlari bilan zarba berdi. 

Fandino Mon-de-Marsan shifoxonasida hayotdan ko‘z yumdi. U 36 yoshda bo‘lib, 1999 yildan beri korrida bilan shug‘ullanib kelgan.

O‘tgan yili 29 yoshli toreador Viktor Tarrio ham Ispaniyaning sharqidagi Teruel shahrida o‘tkazilgan korridadagi ishtiroki chog‘ida halok bo‘lgandi. Buqa unga shoxini sanchgan. Bu so‘nggi 30 yil ichidagi matador halok bo‘lgan birinchi holat bo‘lgan. 

Ko‘proq yangiliklar: