Yamanda 151 mingdan ziyod vabo kasalligi qayd etildi

Jahon 15:22 / 18.06.2017 17635

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) xabariga ko‘ra, Yamanda vabo epidemiyasi natijasida halok bo‘lganlar soni 1054 nafarga yetgan. 

JSST ma'lumotlarida ta'kidlanishicha, joriy yilning 27 aprelidan to hozirga qadar vabo epidemiyasi Yamanning 23 provinsiyasidan 20 tasida tarqalgan. Mamlakatda vabo bilan kasallanganlar soni 151 mingdan oshgani qayd etilgan. 

Yaman aholisi mamlakatda toza ichimlik suvining yetishmovchiligi natijasida avj olayotgan vabo epidemiyasi bilan kurash olib bormoqda. 

Yamanda 2014 yildan buyon harbiy mojaro davom etib kelmoqda, unda bir tomondan "Ansarulloh" shia harakati isyonchilari va Yaman prezidenti lavozimidan mahrum bo‘lgan Ali Abdulloh Salim tarafdorlari, boshqa tomondan esa - prezident Abdurabbu Mansur Hadiyning sodiq tarafdorlari bo‘lgan hukumat qo‘shini ishtirok etmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: